Bugun 26 mart kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatining 10 yilligini nishonlaydi. 2006 yilda asos solingan ushbu saytdan bugunga kelib bir kun davomida 51 million odam foydalanadi. 2007 yili “Odnoklassniki”dan million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, bir yildan keyin esa bu auditoriya o‘n barobarga oshdi. 2010 yili xizmat Mail.Ru Group internet-xolding tarkibiga qo‘shildi. Bu yil videomanbaga ega eng mashhur Runet saytlari ichida “Odnoklassniki” ikkinchi o‘rinni egalladi (comScore ma’lumotiga ko‘ra). Sayt foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazish xizmatini kiritgan hamda Instagram bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugunga kelib “Odnoklassniki” foydalanuvchilari har kuni tarmoqqa 18,3 million yangi suratlar yuklaydilar, 180 million “Klass” belgilarini bosadilar, 300 million videoroliklar bo‘lishadilar va 300 million xabar yuboradilar. Ijtimoiy tarmoq statistikasiga ko‘ra, foydalanuvchilar har kuni o‘rtacha 41 daqiqani shu saytda o‘tkazadilar.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 877 | Добавил: musicfm | Дата: 26-Мар-2016 | Комментарии (0)