Xitoyda Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Mamlakat tashqarisida bezgakka chalingan bemorning ahvoli durust ekanligi, salomatligi tiklanayotganligi bildirilmoqda, deya xabar beradi“TASS” Virusning qish paytida tarqalish ehtimoli juda kam, chunki Xitoyning iqlim sharoiti Aedes aegypti turidagi chivinlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Hozirda xitoylik mutaxassislar Zika virusini aniqlash va davolash uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqmoqda. Mamlakatda xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirish va karantindan o‘tkazish uchun javob beradigan xizmatlar shay holatga keltirilgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 911 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 10-Фев-2016 | Комментарии (0)

Suriya poytaxtida ikki portlash ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi“ Korrespondent.net”. Birinchi portlash politsiyachilar to‘planadigan klubda, ikkinchisi esa sabzavot bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan. Mazkur teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 849 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 10-Фев-2016 | Комментарии (0)